14:56 / 03.11.2015
2782

Toshkentda fitotekalar tarmog‘i ish boshlaydi

O‘simliklar asosida fitoterapiya va gomeopatiya (katta dozasi kishini kasal qiladigan dorilardan oz-oz berib davolash usuli) sohasiga ixtisoslashgan Germaniyaning Bionorica AG farmatsevtik firmasi O‘zbekistonda maxsus fitotekalar tarmog‘ini ishga tushiradi.

Bu haqda Sputnik agentligi ma'lum qildi.
“Birinchi bosqichda sinov tariqasida Toshkentdagi beshta an'anaviy dorixonada turli kasalliklarni davolash va ular profilaktikasi uchun mo‘ljallangan o‘simlik preparatlari va fitochoylarning katta miqdordagi jamlanmasidan iborat maxsus bo‘linmalar ishga tushiriladi”, - deya agentlik nemis kompaniyasi vakili so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Qayd etish joizki, mazkur kompaniya O‘zbekiston bozorida 2005 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Top