20:41 / 04.11.2015
5290

O‘zbekistonda ilk bor narkozsiz operatsiya o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida O‘zbekistonda ilk bor uyqu dori ta'sirida bo‘lgan bemorning uyqu arteriyasida operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasi xabar berdi.

Ma'lumki, odatda bu kabi jarrohlik amaliyotlari vaqtida bemorga umumiy narkoz beriladi. Mazkur operatsiya esa og‘riq qoldirishning yangi texnologiyasini qo‘llash orqali amalga oshirildi.

Amaliyot davomida bemr yengil uyqu dori ta'sirida bo‘ldi, tananing faqat jarrohlik amalga oshiriladigan qismi og‘riqsizlantirildi.

Top