21:41 / 05.11.2015
10429

KUN.UZ dayjesti: 5 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 5 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston TIVda Yaponiya elchisi qabul qilindi>>

2015 yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fumixiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Pokiston Islom Respublikasi prezidenti O‘zbekiston elchisini qabul qildi>>

3 noyabr kuni O‘zbekiston favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov Pokiston rahbarining Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” rasmiy qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Elektron hisoblagichlarga ega bo‘lmagan xo‘jalik sub'yektlariga gaz va energiya yetkazib berilmaydi>>

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab zamonaviy elektron hisoblash uskunalari bilan jihozlanmagan yuridik shaxslarga tabiiy gaz va elektr quvvati yetkazib berilmaydi. Bu O‘zbekiston hukumatining 2 noyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Janubiy koreyalik shifokorlar Buxoroda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar>>

Buxoroda Buxoro viloyati ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida o‘zbekistonlik va janubiy koreyalik shifokorlar bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

O‘zbekistonda ilk bor “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning 16-22 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ertangi kun bizniki, marra bizni” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

“Lukoyl” G‘arbiy Hisorning gaz-kondensat konlarida energiya ta'minoti obektlarini qurdi>>

“Hisorni to‘la rivojlantirish” loyihasi doirasida Jarquduq va Adamtosh konlarida texnologik obektlarni elektr quvvati bilan ta'minlashga qaratilgan ikki stansiya qurildi, deb xabar beradi Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasining O‘zbekistondagi operatori LukOil Uzbekistan Operating Company.

Toshkent shahrida yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan 3371ta korxona, bino va inshootlar faoliyati to‘xtatildi>>

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda Davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan ehtimoliy yong‘inlarni bartaraf etish maqsadida 4980ta korxona, tashkilot va xo‘jaliklar tekshiruvdan o‘tkazildi.

Mobil muxbir: Namangan shahrida "Damas"lar harakati tartibga solinadimi?>>

Namangan shahrida hozirgi kunda mingdan oshiq "Damas" avtomobili haydovchilari yo‘lovchi tashish bilan shug‘ulanib kelayapti. Ammo ayrim haydovchilar tegishli hujjatlarsiz faoliyat ko‘rsatmoqda, tajribasiz yosh haydovchilar sababli ko‘ngilsiz voqealar, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. 

OAV: Namangan xonadonlariga issiqlik yetib boradimi?>>

Namangan shahridagi xonadonlarni qish mavsumida isitish masalasi deyarli har yil o‘tkir bahslarga sabab bo‘ladi. Agar hovlilarda har bir kishi o‘z kunini o‘zi ko‘rsa, ko‘p xonadonli uylarda istiqomat qiluvchi aholi “Issiqlik manbai” korxonasidan umid qilishga majbur.

Botir Kudratxodjayev Surxondaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015 yil 31 oktabridagi buyrug‘i bilan Botir Baxromovich Kudratxodjayev Surxondaryo viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.

Toshkent shahrida aholi yashash sektorlarida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 7,3 foizga kamaydi>>

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda aholi yashash sektorlarida yuzaga kelgan yong‘inlar soni 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 7,3 foizga kamaydi. Shuningdek, yong‘in yuzaga kelish holatlari o‘tgan davr mobaynida ta'lim muassasalarida 27,3 foiz, ma'muriy binolarda 17,5 foiz, qurilish obektlarida 25 foizga qisqargan.

UzGazOil’ning Toshkentdagi shoxobchalari telefon raqamlari ro‘yxati>>

Toshkentda joylashgan UzGazOil shoxobchalari ro‘yxati e'lon qilindi. Unda keltirilgan telefon raqamlariga ko‘ra qo‘ng‘iroq qilib, benzin bor-yo‘qligini aniqlash, shunga qarab u yerga yo‘l olish va navbatga turish mumkin.

2015 yilda MDH temir yo‘llari orqali 14.8 mln yo‘lovchi va 1.4 mlrd tonna yuk olib o‘tildi>>

2015 yilning o‘tgan davrida MDH temir yo‘llari orqali 14.8 mln yo‘lovchi va 1.4 mlrd tonna yuk olib o‘tildi. Bu haqda MDHga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashining 63-yig‘ilishida aytildi.

Navoiyda yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda>>

Navoiy shahrida AKFA kompaniyasi tomonidan yangi alyuminiy profillari zavodi qurilmoqda. Bu haqda kompaniyaning import departamenti menejyeri Kamron G‘ulomov bayonot berdi.

O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari yangi loyihalar borasida kelishuvga erishdi>>

4 noyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida O‘zbekiston-Germaniya va Germaniya-O‘zbekiston ishchi kengashlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va idoralar, ikki davlat kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro yuk tranziti shartlari yaxshilandi>>

"Kazaxstan temir joly" rahbari Askar Mamin MDHga a'zo mamlakatlar Temir yo‘l transporti kengashining 63-majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston TIVda Filippin elchisi bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Filippin Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Eduardo Martin R.Menez (qarorgohi Tehron shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Germaniyaga to‘qimachilik mahsulotlari va meva yetkizib beradi>>

O‘zbekiston korxonalari Germaniyaga to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari va meva eksport qilmoqchi, deb xabar berdi “Jahon” AA. 

Jahon banki tomonidan Xorazmda qiymati 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi>>

Jahon banki tomonidan Xorazm viloyati bo‘yicha deyarli 2 mlrd dollar qiymatida 15ta yo‘nalish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar tarqatgan.

FIFA reytingi: O‘zbekiston terma jamoasi 71-o‘rinda qayd etildi>>

FIFA rasmiy sayti oktabr oyi uchun terma jamoalar reytingini e'lon qildi.

O‘zbekistonlik kanoechilar Rio-2016 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi>>

Indoneziyaning Jakarta shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Top