15:26 / 08.11.2015
3603

Polsha O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga tayyor

“O‘zbekiston 2015” Xalqaro investitsion forumi doirasida Polsha-O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri yozmoqda.

Tadbirda ishtirok etish uchun Polsha iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Grajina Xentslevskaya boshchiligida tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida vazirlik xodimlari, shuningdek, mamlakat biznes doiralari vakillari bor edi.
O‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ikki o‘rtadagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Polsha O‘zbekistonda 2020 yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish va modernizatsiya loyihalariga qiziqish bildirayotgani ta'kidlandi. Polsha vakillari ularda ishtirok etish niyatlari borligini ta'kidlab o‘tishdi.

Top