20:03 / 12.11.2015
7795

KUN.UZ dayjesti: 12 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

JCh-2018 saralashi: O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni 3:1 hisobida yengdi>>

Bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi Markaziy "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston hamda KXDR milliy terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018 saralash uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston 96 foizga aholining oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojini ichki ishlab chiqarish hisobiga qondiradi>>

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash – ustuvor vazifa” mavzusida matbuot anjuman o‘tkazildi.

Milandagi EXPO 2015 ishtirokchilari O‘zbekistonning eksport salohiyati bilan tanishdi>>

Joriy yilning may va oktabr oylari o‘rtasida Italiyaning Milan shahrida EXPO Milano 2015 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.

“Transmashxolding” Toshkent metrosiga yangi poyezdlar taklif qilmoqda>>

Rossiyaning transport mashinasozligi yo‘nalishidagi eng yirik korxonasi bo‘lmish “Transmashxolding” Toshkent metropoliteniga yangi poyezdlar taklif qilmoqda. 

Yaponiya va O‘zbekiston oliygohlari rektorlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda>>

Toshkentda II O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari konferensiyasi hamda VI O‘zbekiston-Yaponiya akademik forumi o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishdir, deb xabar beradi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Toshkentda kuchli shamol tufayli uylarning shiferlari uchib tushdi>>

12 noyabr kuni tongida Toshkentda kuchli shamol kuzatildi. Natijada shaharning bir qator tumanlarida elektr simlarining uzilishi, avtomobillar ustiga daraxtlar yiqilishi holatlari ro‘y bergan.

O‘zbekiston 3 xalqaro yo‘lakni birlashtiradi>>

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da XII xalqaro “Transport va logistika – TransUzbekistan 2015” ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri yozmoqda.

Yaponiyaning Soka universiteti O‘zDJTU bilan hamkorlik o‘rnatadi>>

12 noyabr kuni Yaponiyaning Soka universiteti rektori Yoshihisa Baba O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda kun.uz sayti mobil muxbiri xabar berdi.

O‘zbekengilsanoat: IX xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlariga ko‘ra eksport shartnomalari rejaning 102.5 foizi miqdorida imzolandi>>

IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi yakunlariga ko‘ra “O‘zbekengilsanoat” kompaniyasi korxonalari hamda xorijiy hamkorlar bilan eksport shartnomalari rejaning 102.5 foizi miqdorida imzolandi.

Byudjyet asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun talablar o‘zgarmaydi>>

11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi – Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, shuningdek, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqildi.

O‘tgan haftda O‘zbekiston hududida 261 marta yong‘in sodir bo‘ldi>>

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 261ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan.

Toshkentdagi jamoat transportlari har kuni deyarli 795 ming kishiga xizmat ko‘rsatmoqda>>

Toshkent aholisiga jamoat transporti xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lmish "Toshshahartransxizmat" tarkibidagi ulovlar orqali kuniga 794,4 ming yo‘lovchi tashilmoqda.

Top