11:09 / 17.11.2015
5901

OAV: Parij terakti vaqtida o‘zini portlatganlardan biri Bryusseldagi kafe xo‘jayini bo‘lgan

Belgiyadagi 7sur7 nashrining yozishicha, Parijda o‘zini portlatish orqali terakt sodir etgan Braim Abdusalom Bryussel shahridagi Molenbek kvartalidagi "Monaxini" (belgiyachada «Les Béguines») kafesiga egalik qilgan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda bu kafe yopib qo‘yilgan. Bu kafeda huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida narkotik moddalar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Parij shahridagi "Stad de Frans" stadioni oldida portlash sodir etildi. Jangarilar shu vaqtda shaharning boshqa nuqtalarida 6ta terakt sodir etildi. Xususan, "Bataklan" teatrida tashrif buyuruvchilar qirg‘in qilindi, Sena bo‘yidagi Le Carillon hamda Le Petit Cambodge restoranlaridagi xo‘randalar o‘qqa tutildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu teraktlar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan va 352 kishi jarohatlangan.

Top