15:42 / 17.11.2015
8135

O‘zbekistonda Janubiy Koreya nodavlat tashkiloti faoliyatidan xavotir bildirilmoqda

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Osiyo madaniyat va taraqqiyot institutining Toshkentdagi vakolatxonasi faoliyatidan xavotir bildirilmoqda.
12news.uz muxbirining Adliya vazirligidagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslanib xabar berishicha, nizomga ko‘ra, institut xayr-saxovat, insonparvarlik yordamini ko‘rsatishi, dori vositalarini yetkazib berishi va boshqalar bilan shug‘ullanishi lozim.

1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tgan institut “Hangil Eye Hospital” (oftalmologik), “Dental Service International” (stomatologik) va “All Nations Friendship Hospital” (umumiy terapevtik) shifoxonalarini o‘z ichiga olgan.
“Biroq so‘nggi yillarda institut boshqa maqsadlarini amalga oshirgan. 2005 yildayoq koreys va o‘zbek fuqarolaridan iborat xodimlarining missionerlik hamda prozelit (yangi dinga targ‘ib etish) faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlangan edi.

Ular O‘zbekistonning tub aholisi o‘rtasida mahalliy fuqarolarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida xristianlikning protestantlik oqimi ta'limotining taqiqlangan g‘oyalarini targ‘ib etishgan. O‘shanda fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi vakolatxona akkreditatsiyasini vaqtincha to‘xtatib, faoliyatini uch oy muddatga to‘xtatish haqida qaror chiqargan edi”, - dedi Adliya vazirligi vakili.
Biroq o‘zbilarmon xorijliklar o‘z pozitsiyasida qoldi.

Akkreditatsiya vaqtinchalik bekor qilinib, institutning Toshkentdagi faoliyati to‘xtatilgandan so‘ng AQSh fuqarosi Andenrs Erikson va Garold Keyt Danno‘z faoliyatini “Lancaster International Trading Company, Inc” va “Trove Trading Company, Inc” firmalariga asos solgan holda davom ettirgan. Osiyo madaniyat va taraqqiyot institutining Toshkentdagi vakolatxonasi sobiq xodimlari Monika Suyen Li, Xvan Cho, Dong Yeng Shin, Yeng Suk Li, Karol Nam Kim O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan.

“Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, ular hech qanday tibbiy ma'lumotga ega bo‘lishmagan. Yanada aniqroq aytganda, tibbiy yordam ko‘rsatish niqobi ostida ular protestant oqimi g‘oyalari va aqidalarini targ‘ib qilgan. Psixologik qayta ishlash samaradorligini oshirish maqsadida ular o‘zbek tili, tarixi, madaniyati va mahalliy aholi mentalitetini o‘rganishadi. Hattoki o‘zlariga milliy ismlar ham tanlashadi. Ular harakati natijasida Toshkent shahri va O‘zbekiston viloyatlarida asosiy qurbonlari yoshlar bo‘lgan norasmiy diniy guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

So‘nggi yillarda ular Gippokrat qasami haqida batamom unutishdi. Shu munosabat bilan institut vakolatxonasi va mamlakatimiz nazorat organlariga sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatilgani to‘g‘risida muntazam raivshda shikoyatlar kelib tushgan”, - deydi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu munosabat bilan shifoxonalar xodimlari va rahbarlariga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilgan.

Top