10:03 / 18.11.2015
3070

OAV: A321 samolyotida bomba yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin

Sinay yarim orolida aviahalokatga uchragan samolyot yukxonada emas, balki yo‘lovchilar salonida qo‘yilgan bombadan portlagan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “Kommersant'”.

Nashrning ma'lum qilishicha, ushbu xulosaga Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tekshiruvlar sabab kelingan. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, portlash epimarkazi samolyot bortining orqa tarafida harakatga kelgan. Qurilma oynaga yaqin o‘rindiq ostida joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, aviahalokatga terakt sabab bo‘lgani aniqlanganidan so‘ng, Rossiya tergov qo‘mitasi mamlakat JKning 205 moddasi (“terroristik akt”) va JKning 263 moddasi (“havo transporti xavfsizligini buzish va ekspluatatsiya qilish”) moddalari bilan jinoiy ish ochgan.

Top