21:06 / 24.11.2015
2509

O‘zbekiston TIVda YeTFX bo‘limi boshlig‘i bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Toyvo Klaar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tayvo Klaar “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” kichik qo‘mitasining adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va boshqa masalalar bo‘yicha navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy jihatlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan “Markaziy Osiyo – YeI” shaklidagi uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.

Top