21:16 / 25.11.2015
6650

Eron TIV: Turkiyaning Su-24 samolyotiga hujumi terrorchilarning o‘z qabihliklarini davom ettirishga ishora bermoqda

Turkiyaning Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotiga hujumi va Suriya atrofidagi tanglikning kuchayishi terrorchilarga yolg‘on ishora yubormoqda.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o‘zining rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatda aytdi.

“Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o‘zining rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatda Turkiya tomonidan Rossiya harbiy samolyotining urib tushirilishi Suriya atrofidagi “tanglikning kengayishiga turtki berishi va vaziyatni murakkablashtirishi” hamda bu qadam terrorchilik guruhlariga ular Suriyaga qarshi va dunyoning boshqa qismlarida teraktlar amalga oshirishni davom ettirishlari mumkinligiga ishora berayotganini aytdi”, deb Zarif matbuot kotibining aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi Press TV telekanali.

Zarif matbuot kotibining ta'kidlashicha, Zarifning aytishicha, ushbu noxush voqea Suriya atrofida yuzaga kelgan vaziyatning keskinligini yana bir bor ta'kidlaydi. Bu vaziyat boshqa arab davlatlaridagi, qolgan dunyodagi vaziyatlarga va xavfsizlikka ta'sir qilmoqda. Shu munosabat bilan Zarif tez sur'atlarda terrorchilikka qarshi global front shakllantirish zarurligiga ishora qildi.

Top