20:24 / 02.12.2015
4015

Britaniyalik leyboristlar yetakchisi IShIDdan neft sotib olayotgan davlatlarni aniqlashga chaqirdi

Buyuk Britaniya Leyboristik partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin qanday davlatlar IShIDdan neft sotib olayotganini aniqlashga chaqirdi.

Korbin bu haqda parlamentda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining Suriyada IShID pozitsiyalariga aviazarbalar berish masalasini muhokama qilish davomida aytdi.

“Fikrimcha, biz IShIDdan aynan kim neft sotib olayotgani, buni kim moliyalashtirayotgani, qaysi banklar moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirayotgani va mintaqaning qaysi davlatlari bunga aloqasi borligini aniqlashimiz zarur”, deb aytdi Korbin.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyani IShIDdan sotib olinadigan neftning asosiy iste'molchisi deb atagandi.

Top