11:15 / 03.12.2015
2426

Avstraliya MH370ni qidirayotgan kemalar sonini oshirdi

Avstraliya bosh vazirining o‘rinbosari Uorren Trass o‘tgan yili Hind okeani ustida g‘oyib bo‘lgan Malayziya layneri qidiruvlariga yo‘naltirilgan kemalar soni 4taga yetkazilishini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Trass kemalardan birini XXR taqdim etishini qayd qilib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi ma'lumotlar samolyot qoldiqlari okeanning janubiy qismida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
“Biz janubiy hududlarda nima qidirayotganimizdan ishonchimiz komil”, - dedi mudofaa vazirining o‘rinbosari Darren Chester.

2014 yil 8 mart tunida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini amalga oshirayotgan Boeing 777-200 samolyoti bortidagi 227 yo‘lovchi va 12 ekipaj a'zolari bilan radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Yo‘lovchilarning ko‘pchiligi Xitoy fuqarolari edi.
Samolyot Hind okeanining janubiy qismida halokatga uchradi deb taxmin qilinmoqda.

Top