22:51 / 03.12.2015
2509

Italiya harbiy-dengiz kuchlari Sitsiliya bo‘g‘ozidan 1,5 mingdan ziyod muhojirni qutqarib qoldi

So‘nggi kun ichida 1,5 mingdan ziyod muhojir Sitsiliya bo‘g‘ozida qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, noqulay ob-havo va to‘lqinlar sabab tanaffusdan keyin, Liviyadan qayiqlar kelishi tag‘in boshlangan. Jami bo‘lib yettita operatsiya o‘tkazilgan. Unda Italiya sohil nazorati xizmati, “Chegara bilmas shifokorlar” kemasi, “Sofiya” Yevropa missiyasining ikki kemasi hamda Sitsiliya bo‘g‘ozida harakat qiluvchi patrul xizmatining kemalari ishtirok etgan.

Top