17:34 / 04.12.2015
7027

Dovuto‘g‘li: Turkiya Rossiya bilan do‘st bo‘lgani uchun NATOning tanqidlariga e'tibor bermay kelayotgan edi

Turkiya hukumati NATO va YeIning e'tirozlariga jiddiy e'tibor bermay, Rossiya bilan juda iliq munosabatlarda bo‘lib kelgan edi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.

“Biz Rossiya bilan munosabatlarga har doim alohida ahamiyat qaratib kelganmiz. Bundan ortig‘ini aytaman, Turkiya NATO va YeI tomonidan Rossiya bilan juda yaqin munosabatda bo‘lgani bois tanqidga olingan edi. NATO a'zosi Rossiya bilan bu qadar yaqin munosabatda bo‘lishi to‘g‘rimi, deyishardi bizga. Lekin biz hech qachon bunday tanqidlarga e'tibor bermaganmiz. Biz Rossiya bilan munosabatlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik”, - dedi u Boku diplomatik akademiyasidagi chiqishi chog‘ida.

Top