08:50 / 04.12.2015
3291

Tunisda terrorchilar safiga ming nafar maktab o‘quvchilarini jalb qilgan yollovchi qiz hibsga olindi

Tunisda terrorchilar safiga ming nafar maktab o‘quvchilarini jalb qilgan yollovchi qiz hibsga olindi. Tunisning TAP axborot agentligi bergan ma'lumotlarga qaraganda, qizning o‘zi ham shu maktab o‘quvchisi bo‘lgan.

16 yoshli qiz “Ansor ash-sharia'” ultraradikal guruhining a'zosi bo‘lib, o‘smirlarni faol ravishda uning saflariga jalb qilib kelgan. Bunda u asosan telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan.

Uning qo‘lga olinishi uchun dastlab boshqa bir yollovchini qo‘lga olish talab qilindi. Uning ko‘rsatmalari asosida nomi keltirilmayotgan bu qizning ham jinoyatlari fosh etildi.

Top