23:53 / 04.12.2015
3754

UZ domenlari soni 25 mingdan oshdi

O‘zbekiston milliy domen hududi ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, UZ hududidagi domenlar soni 4 dekabrda 25 mingdan oshdi.

Shu yil boshidan beri (19,1 ming domen) o‘sish 5780 domen nomini yoki 124 foizni tashkil qildi. Bu vaqt ichida 11,1 mingdan ko‘proq yangi domen nomi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va deyarli 5400 domen o‘chirib tashlangan.

Statistikaga ko‘ra, barcha domenlarning 45 foizi jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lib, 88 foiz domenlar O‘zbekiston rezidentlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Xostingda 70 foiz domen nomlari yozilgan, ulardan yarmi O‘zbekiston ichida joylashtirilgan.

Top