09:35 / 05.12.2015
3126

AQSh Bag‘dod rozi bo‘lsagina Iroqdagi kuchlarini mustahkamlaydi

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Elizabet Tryudo AQShning Iroqdagi harbiy ishtirokining kuchaytirilishi faqatgina Bag‘dod bilan kelishilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

“AQSh yoki koalitsiyaning Iroqni IShIDga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun istalgan harbiy kuchaytirilishi Iroqning taklifi va u bilan yaqindan hamkorlik asosida amalga oshiriladi”, deb aytdi Tryudo.

Tryudo AQSh qo‘shinlarning joylashtirilishi “tajovuzkor harakat” bo‘lishini aytgan Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyni qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.

Tryudo bu kurdlar tomonidan nazorat qilinadigan Iroq hududlariga ham taalluqli ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top