19:05 / 07.12.2015
3288

Iroq mamlakatdagi turk askarlarining sonini 900 nafar ekanligini ma'lum qildi

Mahalliy kurd guruhlarini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish maqsadida Iroqning Naynava viloyatiga kirib kelgan turk harbiylarining soni 900 nafar kishi bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Sputnik agentligiga viloyat gubernatori Naufal al-Akub ma'lum qilgan.

“Mening axborotlarimga ko‘ra, viloyatdagi turk askarlari soni 900 nafardan kam emas. Ular Esh-Sheyxan shahrining Dad qishlog‘ida joylashgan”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur vaziyat yuzasidan Turkiya elchisi bilan uchrashuv vaqtida suhbatlashib oladi.

Top