13:41 / 07.12.2015
3626

Qoraqalpog‘istonlik erkak ma'shuqasining pullari va taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketdi

Qoraqalpog‘istonlik erkak ma'shuqasining pullari va taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

1973 yili Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan Zoir Abdurahmonov muqaddam sudlangan va ro‘zg‘oridan ajrashgan edi. U Toshkentning Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, bu yerda Tamara Chursina ismli ayol bilan yashay boshlagan.

Chursina Xitoydagi safari chog‘ida Tyan ismli erkakka turmushga chiqqan, ammo ajrashib ketgan edi. Ammo oralarida farzand bo‘lgani bois xitoylik erkak unga pul jo‘natib turgan. Mana shu pullardan yig‘ib, ayol 20 ming dollar to‘plab qo‘ygan edi.

Bir kuni u qandaydir sabab bilan pullarni bankdagi hisobidan yechib olgan. O‘sha kuni uyda ziyofat uyushtirilib, ko‘plab mehmonlar tashrif buyurgan, Chursina mast bo‘lib, uxlab qolgan. Vaziyatdan foydalanib, Abdurahmonov pullarni o‘g‘irlab qochib ketgan. Biroz muddat o‘tgach, u qaytib kelgan va ayolni aldab, pullarni qaytarishni va'da qilib, yarashib olgan.

Ammo bir necha oydan so‘ng o‘g‘irlik takrorlangan. Chursina Xitoyga ketish oldidan har ehtimolga qarshi tilla buyumlarini yashirib ketgan. Qaytganida esa Abdurahmonov seyfni buzib, 47 mln so‘mlik 53 xildagi taqinchoqlarni o‘g‘irlab yana g‘oyib bo‘lganini bilgan.
Chursina tezda tegishli idoralarga xabar bergan. Abdurahmonov qo‘lga olinib, pullar va moddiy qimmatliklar egasiga qaytarilgan. Ish sudga oshirilgan.

Top