20:21 / 08.12.2015
3006

Misr xorijliklarga o‘z aeroportlarini nazorat qilishga yo‘l bermaydi

Misr hukumati o‘z aeroportlarida xavfsizlikni nazorat qilishga xorijlik mutaxassislarni qo‘ymoqchi emas, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Misrda aeroportlaridagi xavfsizlik uchun misrlik mutaxassislar javob beradi. Bizda fuqarolik aviatsiyasi sohasida qoidalarni tartibga soluvchi maxsus tuzilmalar, xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar bor. Ular sizning ekspertlaringiz bilan ikkala tomonni qoniqtiradigan variant borasida gaplashmoqdalar. Oxir-oqibat biz sizni ham, bizni ham qoniqtiradigan qarorga kelamiz”, deb aytdi Misrning Rossiyadagi elchisi Muhammad al-Badriy.

Diplomat Misr hukumati boshqa davlatlar ekspertlari bilan Misr aeroportlaridagi vaziyatni yaxshilash bilan shug‘ullanuvchi komissiyani tuzishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, al-Badriy Misr Rossiyaning A321 samolyoti falokati sabablari borasida “barvaqt xulosalar chiqarmaslikni” afzal ko‘rishini aytdi.

Top