01:09 / 08.12.2015
3635

Pamela Anderson Kremlda kitlarning noqonuniy trafigini muhokama qildi

Hayvonlarning faol himoyachisi, Gollivud aktrisasi Pamela Anderson jurnalistlarga 7 dekabrda Kremldagi uchrashuvda Islandiyada tutilgan kitlarning Rossiya suv hududlari orqali noqonuniy tashilishi muammosini muhokama qilganini aytdi.

“Bugun men Kremlda Sergey Ivanov bilan uchrashganimda birinchi navbatda yo‘qolib ketayotgan hayvonlar trafigini to‘xtatish imkoniyati, aniqroq Islandiyada kitlarni ushlash biznesi bilan bog‘liq muammo xususida gaplashdik”, deb aytdi aktrisa.

Aktrisaning aytishicha, ushlangan kitlar Rossiya suvlari hisoblanadigan hududlar orqali tashiladi, Rossiya esa bu hududlar xalqaro suv hududlari degan munosabat bildirmoqda.

“Biz bu juda jiddiy mavzuni uzoq muhokama qildik va men bu masalada taraqqiyot bo‘ladi degan fikrdaman”, deb aytdi Anderson.

Top