11:36 / 10.12.2015
7067

Abdulla Oripovga "Italiya yulduzi" ordeni tantanali ravishda topshirildi

9 dekabr kuni O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovga Italiyaning mamlakatimizdagi elchixonasida "Italiya yulduzi" ordeni tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda shoirning shogirdi Alisher Nazar “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘i orqali ma'lum qildi.

“Sevimli shoirimizni ushbu yuksak mukofot bilan barcha muxlislari nomidan muborakbod etamiz!”, - deya tabrik qoldirdi Alisher Nazar.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabr oyida Abdulla Oripov Italiya respublikasining "Italiya yulduzi" davlat ordeni bilan mukofotlangani to‘g‘risida xabar tarqatilgan edi. Orden Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifi bilan taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, ushbu orden Italiya hamda xorij fuqarolariga Italiya va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirgan shaxslarga topshiriladi.

Top