22:43 / 11.12.2015
5811

Jyenis Joplinning Porsche si aql bovar qilmas narxda sotildi

Amerikalik Jyenis Joplinga tegishli bo‘lgan 1964 yil ishlab chiqarilgan Porsche 356 Cabriolet sportkari Nyu-Yorkda o‘tkazilgan RM Auctions savdosida 1 million 760 ming dollarga sotildi. Boshida auksion tashkilotchilari mashinani 400-600 ming dollarga sotishni rejalashtirishgan edi.

Jyenis Joplin ushbu sportkarni 1968 yilda Beverli-Xillzdan sotib olgan edi. Boshida kulrang tusdabo‘lgan ushbu avtomobil unga 3,5 ming dollarga tushgandi. Qo‘shiqchi qo‘shimchasiga uni bezab bergan rassomga 500 dollar bergan.

U mashinasiga Big Brother and the Holding Company guruhi a'zolarining tasvirini qumli peyzaj va astrologik ramzlar bilan uyg‘unlikda chizdirgan edi. Kartina “Olam tarixi” (History of the Universe) deb nom olgan edi.

Qo‘shiqchi ushbu mashinani ikki yil davomida boshqardi. “Porshe” 1970 yilda u halok bo‘lgan Gollivuddagi mehmonxona avto turargohidan topilgan. Jyenisning oilasi 1973 yilda mashinani qo‘lga kiritadi.

Top