16:05 / 15.12.2015
1992

Facebook foydalanuvchi do‘stining izoh yozayotgani haqida ma'lum qiluvchi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i izohlarni real vaqtda kuzatib borish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda tarmoqning bir nechta foydalanuvchilari ma'lum qilishgan. Ular iOS’dagi Facebook ilovasida yangiliklar lentasini ko‘rish vaqtida “do‘sting izoh yozmoqda” yozuvi paydo bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Facebook vakillari bu yangi imkoniyatni sinovdan o‘tkazayotganliklarini ma'lum qilishgan. Ushbu holatda izohlar kiritiladigan joy ostida yana bir katakcha bo‘ladi va foydalanuvchi do‘stining izoh kiritayotgani haqida ma'lum qilib turadi. Kompaniya vakillarining fikricha, bu foydalanuvchilarga muloqotni yanada qulayroq olib borish imkonini beradi. 

Top