20:23 / 15.12.2015
2905

Kia ning o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomobillariga umumiy yo‘llarda harakatlanishga ruxsat berildi

Kia kompaniyasi Nevada shahri hukumatidan avtomat tizimda harakatlanadigan mashinalarining umumiy yo‘llarda harakatlanishi uchun ruxsat oldi. Soul EV bazasida qurilgan ushbu mashina Bitti shahrida sinovdan o‘tdi.

2018 yilda Kia Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati ikki milliard dollar deb baholangan Advanced Driver Assistance System (ADAS) yangi texnologiyasi ustida ish olib boradi. Uning tizim qurilmalari o‘z ichiga noqulay ob-havo sharoitida yo‘llardagi obektlar va to‘siqlarni aniqlaydigan sensor jamlanmasini oladi.

Janubiy Koreyaning ushbu markasi 2020 yildagina yarim avtomat boshqaruviga ega bo‘ladi. U faqatgina 2030 yilga kelibgina to‘liq avtomatlashtirilgan mashinalar ishlabchiqarishga o‘tadi.

Top