22:11 / 16.12.2015
2686

Charlie Hebdo fojiasi qurbonlarining oilalariga 4,4 mln dollar xayriya qilindi

2015 yilning yanvar oyida terrorchilar hujumiga uchragan Charlie Hebdo gazetasi tahririyati uchun 1 oy ichida 4,4 mln dollar miqdoridagi xayriya mablag‘i yig‘ildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, bu mablag‘lar yig‘ilishida dunyoning 84 mamlakati aholisi vakillari o‘z hissalarini qo‘shishgan.

Tahririyat bu mablag‘larni qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga berish qaroriga kelgan.

Fransiya hukumati bu mablag‘larni taqsimlash uchun maxsus qo‘mita tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Charlie Hebdo satira gazetasi binosiga 7 yanvar kuni 2 nafar IShID jangarisi bostirib kirib, o‘t ochishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi.

Top