16:32 / 16.12.2015
3007

Qirg‘izistondagi har o‘ninchi bola ota-onasiz voyaga yetmoqda

Qirg‘izistonda har o‘ninchi bola (9,9 foiz) ota-onasiz voyaga yetmoqda.

Ota-onalarning aksariyati esa hayot.

Bu haqda “24.kg” axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotlar mobaynida 17 yoshgacha bo‘lgan 77,1 foiz bolalar har ikki ota-onasi bilan yashayotgani aniqlangan. 11,2 foiz bolalarning esa bir yoki har ikki ota-onasi xorijda.

Bunda ularning yarmidan ko‘pida otasi ham, onasi ham asosiy vaqtini chet elda o‘tkazadi.

Bu bo‘yicha ma'lumotlar 2014 yilda Qirg‘izistonning barcha hududlarida olib borilgan izlanishlar yakuni bo‘yicha taqdim etildi.

Anketa so‘rovlarida 5 yoshgacha bo‘lgan 4,5 ming bola ishtirok etgan.

Xabarda keltirilishicha, Qirg‘izistonda oz miqdor asosida umumiy xulosani chiqarishga qaratilgan bu kabi klaster tadqiqotlari 5-10 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Top