10:01 / 18.12.2015
5678

LG G Flex 2 smartfoni o‘ziga xosligining 7 sababi

So‘nggi vaqtlarda mobil texnologiyalar mutaxassislari tomonidan smartfon ishlab chiqaruvchilari lol qoldirolmayotganliklari to‘g‘risidagi fikr tez-tez quloqqa chalinib turibdi. Gap biz g‘aroyib ishlanmalarga ko‘nikib qolganligimizda emas, chunki haqiqatan ham hayron qoldirish endilikda u qadar oson bo‘lmay qoldi.

G Flex 2 ning o‘ziga xosligi nimada? Nima uchun mazkur apparat premium imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lgan o‘ta ishonchli va maksimal darajadagi kuchli smartfon istagida bo‘lganlar uchun qiziqarli yechim hisoblanadi?

1. Yuqori darajadagi egiluvchanlik. Tushirib yubordingiz yoki kutilmagan holda bosib oldingiz... Havotirga tushmang! G Flex 2 bunday bosimlar bilan muvaffaqiyatli tarzda kurasha oladi. Smartfon konstruksiyasi uning “egiluvchan” degan nomini butunlay oqlaydi. Egiluvchanlik darajasi oson harakatlar bilan ekranni biroz qavariq holga kelitirish imkonini beradi, moslashuvchan ekranni esa bolg‘adan tashqari hech narsa bilan sindirib bo‘lmaydi. Endilikda sensordagi darz ketishlar yoki qo‘ldan tushirib yuborish natijasida yuzaga keladigan boshqa shikastlanishlar tufayli doimiy ravishda yangi smartfon sotib olishingizga to‘g‘ri kelmaydi.

2. O‘zini-o‘zi qayta tiklovchi qobiq. Korpusning chiziqlar ko‘rinishidagi shikastlanishlari sizga tanishmi? Albatta. G Flex 2 bilan siz ular haqida unutasiz. Siz uni hatto jilvir qog‘ozdan ishlangan qoplama (chexol iz najdachnoy bumagi)da saqlashingiz ham mumkin, ikki daqiqa davomida qurilmaga dam berilishi mayda shikastlarni bartaraf etish uchun kifoya qiladi. G‘aroyib texnologiya - himoya qobig‘ining o‘z-o‘zini qayta tiklanish sirini LG muhandislari hali ma'lum qilishmagan.

3. Egilgan dizayn. Bu nafaqat eng zamonaviy dizaynerlik yechimi, balki optimal darajadagi ergonomikadir. Endilikda siz eshitish yomon bo‘lganida dinamik va mikrofonning joylashuviga moslashishingizga to‘g‘ri kelmaydi, G Flex 2’da ular so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham eng qulay o‘rinda joylashgan. Oddiy statsionar telefon trubkalari biroz egilgan shaklda ekanligi bejiz emas.

4. 13 MP OIS+ lazer avtofokusli kamera. G Flex 2 smartfonida bugungi kunda eng yaxshi hisoblangan mobil kameralardan biri o‘rnatilgan bo‘lib, u LG smartfonlarining fotografiya borasidagi barcha yangi imkoniyatlaridan foydalana oladi. 13 megapiksel, OIS+ optik muvofiqlashtiruvchi tizim, lazerli avtofokus, displeyning istalgan nuqtasiga bosilganida suratga olish, multi suratga olish – bularning bari sizning shinavandalar sifatli fotografiyasidan qanchalik uzoq bo‘lishingizga qaramay, suratlaringizga a'lo darajadagi sifatni taqdim etadi.

5. Yuqori samaradorlik. Sakkiz yadrolik protsessor sizni smartfon samaradorligi borasidagi bosh og‘riqlaridan xalos etadi. Kundalik oddiy ilovalarni aytmasa ham bo‘ladi, G Flex 2 og‘ir soft va sifatli grafikadagi o‘yinlarni ham maksimal darajada tezkorlik bilan ishga tushira oladi.

6. Sho‘ng‘ish effekti. Bu G Flex 2’ning eng muhim va g‘aroyib afzalliklaridan, bu esa video tomosha qilinayotganida smartfonning egilgan shaklidir. Bu yerda egilgan plazmali televizorlarda bo‘lgan prinsip amal qiladi, ya'ni kadrda sodir bo‘layotgan voqealar sizni barcha tomondan o‘rab olib, real sodir bo‘layotgandek tuyiladi.

7. Sovrinlar. LG G Flex smartfoni texnologik dizayn sohasidagi barcha xalqaro katta mavqega ega sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Dastlab iF Design Awards, keyin esa Red Dot Awards. Bular sohaga oid uchta asosiy mukofotlarning ikkitasidir.

Shunday ekan, bugungi kunda mazkur smartfon gadjyetlar darajasida o‘z egasi mavqeini namoyish etuvchi, shu bilan birga zamonaviy smartfonlar texnik imkoniyatlar to‘plamini taqdim etishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi yechimdir.

Reklama huquqi asosida

Top