16:47 / 19.12.2015
5456

O‘zbekistonning konlaridan birida Lukoylning o‘rnini CNPC egallashi mumkin

Xitoy milliy neft-gaz kompaniyasi (CNPC) O‘zbekistondagi Qo‘ng‘irot blokida ish olib borishga ruxsat olmoqchi. Bu haqda Sputnik agentligi O‘zbekiston hukumati yoqilg‘i-energetika kompleksi departamenti vakiliga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Aytilishicha, kon ilgari Rossiyaning Lukoyl kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

“Biz CNPC’ga bu blokni taklif etdik, hozir muzokaralar ketmoqda, 2016 yil boshida Xitoy investor javob beradi”, - dedi agentlikning suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘rsatilgan hududda qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz resurslari 100 mlrd kubometrdan oshadi.

Noyabr oyida Lukoyl O‘zbekistonning vakolatli organlariga Qo‘ng‘irot blokida geologiya razvedkasi ishlarini o‘tkazish litsenziyasini u yerda aniqlangan uglevodorodlar hajmining norentabelligi tufayli qaytarganligi ma'lum qilingan edi. 2009 yili kompaniya bu yerda Shege konini ochib, 2010 yili uni ishga tushirishni rejalashtirgan edi.

Top