10:24 / 20.12.2015
3637

O‘zbekistonda Hindistonning Bravo Pharmaceuticals farmatsevtik korxonasi yaratildi

O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqaruvchi yana bir hind farmatsevtik korxonasi yaratildi.

“Navoiy” erkin sanoat-iqtisodiy hududi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu hududda Hindistonning Bravo Pharmaceuticals Private Limited kompaniyasi tomonidan 2,6 mln dollarlik investitsion loyihani amalga oshirish uchun “Bravo Pharmaceutical MChJ” qo‘shma korxonasi yaratildi.

Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda yangi ishchi o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Hind kompaniyasining bosh qarorgohi Nyu-Dehlida joylashgan. Kompaniyaning filiallari, shuningdek, Daniya, Ukraina, AQSh va Estoniyada ham faoliyat yuritadi. Kompaniya Estoniya saratonni tadqiq qilish markazi olimlari bilan birgalikda saratonga qarshi dorini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Top