12:28 / 24.12.2015
5352

Oruellning "1984" nomli asari rossiyaliklar orasidagi eng mashhur asarlar o‘nligiga kirdi

Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruellning "1984" nomli asari Rossiyadagi kitobxonlar tomonidan eng ko‘p qiziqish bildirilgan 10ta asar qatorida zikr qilindi. Rossiyada 2015 yil davomida bu asarning 85 mingta nusxasi sotilgan. Bu haqda RBK nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida ma'lum bo‘ldi.

Tuzilgan ro‘yxatda birinchi o‘rinni rossiyalik yozuvchi Boris Akuninning "Planeta Voda" ("Suv sayyorasi") asari egallagan. Erast Fandorinning sarguzashtlari haqidagi bu asarning 168 ming nusxasi sotilgan.

Rossiyaliklar orasida o‘tgan yili mashhur bo‘lgan asarlarning ikkinchisi esa Endi Veyyerning "Marsianin" asari bo‘ldi (107 ming nusxa).

Uchinchi o‘rinni 2015 yil davomida 103 ming nusxada sotilgan Jon Grinning "The Fault in Our Stars" ("Yulduzlar gunohi") asari egalladi.

To‘rtinchi o‘rin Dmitriy Gluxovskiyning "Metro 2035" asariga (97 ming nusxa), beshinchi o‘rin esa Jorj Moyyesning "Before I met you" ("Seni uchratishimdan oldin") asariga tegishli (87 ming nusxa).

Qayd etish kerakki, Oruellning "1984" asari 2014 yilda Forbes tomonidan tuzilgan Rossiyadagi yilning eng mashhur kitoblari ro‘yxatiga kira olmagandi.

Shuningdek, bu o‘nlikdan Xarper Lining "To Kill a Mockingbird" (Masxarabozning o‘ldirilishi), Gregori Devid Robertsning "Shantaram", Jyeyms Deshnerning "The Maze Runner", Donna Tarttning "The Goldfinch" ("Sa'va") kabi asarlari ham o‘rin olgan.

"1984" asari antiutopiya yo‘nalishidagi eng mashhur asar hisoblanadi. Unda davlat repressiyasi haqida hikoya qilinadi. Asar qahramonlari doimiy ravishda istibdod kuzatuvida bo‘lishadi. Asardagi davlatda odamlarni kuzatish uchun televizorlarga o‘chirib bo‘lmaydigan kameralar o‘rnatilgani haqida gap boradi.

Top