15:54 / 26.12.2015
8445

Odil Ahmedov "Krasnodar" bilan shartnomasini uzaytirdi

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov jamoada yana 3 mavsum davomida qolishi mumkin.

28 yoshli futbolchi kubanliklar bilan 2016 yilning yozigacha tuzilgan shartnomasini 2019 yilning yoziga qadar uzaytirgan. Bu haqda "Krasnodar" jamoasi rasmiy sayti xabar berdi.
Odil Ahmedov 2014 yilda Rossiyaning boshqa bir klubi "Anji" safidan "Krasnodar"ga o‘tgan edi. U o‘tgan 1,5 yil vaqt ichida "Krasnodar" uchun 63ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan va 5ta gol urib, 10ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Joriy mavsumda u jamoa bilan ichki chempionat va Yevropa ligasi o‘yinlarida jami 27 o‘yin o‘tkazdi. Uning avvalgi shartnomasida yiliga 1,7 million yevrodan iborat maosh belgilangandi.

Yangi shartnomaning barcha jihatlari haqida ma'lumot berilmagan.

Top