21:25 / 29.12.2015
3938

Namanganlik nashafurush 7 yilga qamaldi

Namanganning Pop tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Javlon Qosimov 200 gr nashani sotayotganida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, uning qishlog‘iga bir yigit izlab kelib, ilmoqli gap-so‘zlar bilan nasha so‘ragan. Ikki orada kelishuv bo‘lib, Qosimov u yashaydigan Chig‘anoq hududiga 200 gr nasha olib borib beradigan bo‘lgan.

Kelishilgan kunda Qosimov jiyani Yashnarning Damas rusumli avtomashinasida aytilgan joyga borgan. Ammo notanish yigit o‘zi bilan huquq-tartibot idoralari xodimlarini boshlab kelgan.

Qosimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top