Jahon | 17:42 / 09.01.2016
5929
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Saudiyani “aql ovozi”ga quloq tutishga chaqirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif BMT bosh kotibi, Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi hamda BMTga a'zo bir qator davlatlar tashqi ishlar vazirlariga maktublar yo‘lladi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.

Zarif ushbu maktublarda Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida oxirgi kunlarda yuzaga kelgan keskinlik haqida so‘z yuritgan.

“Saudiya Arabistoni ekstremist va terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda, diniy nafratni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan odimlarni otishda davom etishi, yoki birodarlik, qo‘shnichilik yo‘lini tanlashi va mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashda konstruktiv rol o‘ynashi mumkin. Eron Saudiya Arabistoni aql ovoziga quloq tutishidan umid qiladi”, - deyiladi maktubda.

Mavzuga oid