09:06 / 01.02.2016
2416

AQShda Saudiya Arabistonida amerikaliklar hibsga olingani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

AQSh hukumati Saudiya Arabistonida terrorchilikda gumon qilinib hibsga olinganlar orasida o‘z fuqarolari borligini tasdiqlamadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Hukumatning aytishicha, dastlabki tekshiruvlar natijalariga ko‘ra hibsga olinganlar orasida amerikaliklar yo‘qligi aniqlangan. Shu bilan birga hibsga olinganlarni ma'lumotlar bazasi bo‘yicha tekshirish hamon davom etmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistoni terrorchilikda gumon qilib 33 kishini, jumladan AQShning 9 nafar fuqarosini hibsga olgani ma'lum qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek, bir nafar qozog‘istonlik, indoneziyalik, filippinlik va ikki nafar suriyalik hibsga olingan.

Top