15:18 / 01.02.2016
7035

Ulug‘bek Qodirov bir rol uchun 26 kg vazn to‘plaganini aytdi

Aktyor Ulug‘bek Qodirov Sputnik agentligiga bergan intervyusida o‘z faoliyatida duch kelgan ayrim qiyinchiliklarni yodga olib o‘tdi.

 Jurnalistning rol uchun nimalarga hozirligi haqidagi savolga javob berarkan, aktyor shunday dedi: “Deyarli hamma narsaga. O‘tgan yili “Aka” filmi s'yomkalari uchun 26 kg vazn to‘pladim, so‘ng boshqa loyihalarda ishtirok etish uchun yana vazn tashladim, “Baron”da va jizzaxlik futbolchi bo‘lib o‘ynaganim yana bir filmda”.

“Hozir boksga qaytdim, - so‘zida davom etdi aktyor. – Bolalikda ko‘p narsa bilan shug‘ullanganman. Dastlab akrobatika bor edi, keyin harbiy san'atlar, qo‘l jangi, dzyudo, txekvondo, boks. Sportzalda doimiy shug‘ullanib boraman. Aks holda to‘lishib ketaman”. Qodirov har doim yaxshi ahvolda bo‘lish uchun parhez qilishini ta'kidladi: “Non va qovurilgan ovqatlar yemayman. Olti kun parhez qilaman, bir kun hamma narsa yeyman. Bunday qilmasa, immunitet tushib ketadi. Parhez tutgan odam buni biladi”.

Top