15:45 / 03.02.2016
2312

Italiya Iroqqa yana 130 harbiy yo‘llaydi

Italiya Iroqning Arbil shahriga qo‘shimcha tarzda yana 130 nafar harbiy xizmatchi yo‘llaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Roberta Pinoni ma'lumot berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, tegishli farmon Italiya vazirlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma'qullanishi kutilmoqda.

“Bu bizning Fransiya tomonidan yuborilgan terrorchilikka qarshi harakatni kuchaytirish bo‘yicha so‘rovga javobimiz, - dedi Pinoni xonim. – Amerikaliklar kuchlarining bir qismini Turkiyaga tashlamoqchi, ularni Suriyada qo‘llash niyatida bo‘lsa kerak”. Ilgariroq Italiya Mo‘suldagi to‘g‘onni qo‘riqlash uchun 450 harbiy yo‘llanishini ma'lum qilgandi.

Top