08:31 / 03.02.2016
3116

Manba: Somalida portlash tufayli shoshilinch qo‘ngan samolyot bortida portlovchi qurilma izlari bor

2 fevral kuni bortda yuz bergan portlash tufayli Somalida shoshilinch tarzda qo‘ngan Daallo Airlines avikompaniyasining yo‘lovchi samolyotida portlovchi qurilma izlari aniqlangan. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbasiga asoslanib, xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, tekshiruvlarning birinchi bosqichida D3159 reysi bortidagi portlash portlovchi qurilma harakatga kelishi tufayli sodir bo‘lgan.

Somali bosh vazirining matbuot xizmati boshlig‘i bu hodisani tekshirish jarayoni davom etayotganini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Daallo Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti bortida ro‘y bergan portlash tufayli Somali poytaxti Mogadishoda shoshilinch qo‘ndi. Samolyot parvozdan bir necha daqiqa o‘tib qo‘nishga majbur bo‘lgan, uch yo‘lovchi jarohat olgan.

Top