19:30 / 03.02.2016
6716

Nazarboyev: biz bundan keyin nima qilishimizni o‘ylashimiz kerak

Qozog‘iston bugungi kunda 169 davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, hamkor davlatlarning yordamidan umidvordir. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada o‘tgan TIV kollegiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Qozog‘iston birinchi marta BMT Xavfsizlik Kengashining nomuntazam a'zosi o‘rniga da'vo qilmoqda, - ta'kidladi davlat rahbari. – Biz do‘stona aloqalar qurganimiz davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilamiz. Qozog‘iston ko‘plab muhim integratsion birlashmalar tashabbuskori bo‘lgan edi, bular sirasida MDH, ShHT, Osiyoda ishonch choralari bo‘yicha kengash va YeII. Biz birinchi marta o‘z davlatimizda KXShT va Islom hamkorlik tashkiloti sammitlarini o‘tkazdik”.

“Oldimizda turgan vazifalar undan ham muhim. Shu paytgacha qilgan ishlarimizga hurmat bilan qaragan holda, keyinchalik nima qilishimiz haqida o‘ylashimiz lozim”, - xulosa qildi davlat rahbari.

Top