11:40 / 11.02.2016
4637

Qozog‘istonda haydovchilar va quruvchilarga bo‘lgan ehtiyoj oshishi kutilmoqda

Qozog‘istonda yaqin 5 yil ichida quruvchi va haydovchilarga bo‘lgan talab oshib ketadi, deb taxmin qilmoqda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ekspertlari.

“Biz transport sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab oshishini kutmoqdamiz. Masalan, transport vositalari haydovchilari kerak bo‘ladi – 30 ming kishidan ortiq, transport ishchilari kasbiga ehtiyoj esa 18.5 ming kishini tashkil qiladi, lokomotivlar mashinistlari va turdosh kasblar – 5.7 ming kishi”, - dedi vazir o‘rinbosari Birjan Nurimbetov 10 fevral kuni o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Shuningdek, qurilish sektorida ham yangi kadrlarga ehtiyoj ortishi aytilmoqda.

“Yaqin besh yil ichida 26 ming quruvchi-montajchilar, 24 mingdan ortiq ishchilar va 20 ming kishilik malakasiz ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, 11 ming me'mor, muhandis va turdosh kasb egalariga talab bo‘ladi”, - ta'kidladi Nurimbetov.

Top