00:01 / 12.02.2016
5994

AQShlik olimlar gravitatsion to‘lqinlarning mavjudligini tasdiqlashdi

AQShlik olimlar gravitatsion to‘lqinlarning mavjudligini tasdiqlashdi. Bu to‘lqinlarning mavjudligini deyarli 100 yil avval fizik olim Albert Eynshteyn bashorat qilgandi. Bu haqda AQSh Milliy fan jamg‘armasi ma'lum qildi.

Gravitatsion to‘lqinlarning qidirilishi zamonaviy fizikaning eng yirik muammolaridan biri hisoblanadi. Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, tezlanish bilan harakatlanayotgan istalgan modda fazo-vaqt tebranishi, ya'ni gravitatsion to‘lqin hosil qiladi. Bu tebranish obektning tezlanishi va vazni qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha katta bo‘ladi. Gravitatsion kuchlarning boshqa fundamental o‘zaro ta'sirlashuvlarga nisbatan kuchsizligi sababli, bu to‘lqinlar qayd qilish juda qiyin bo‘ladigan juda kichik vaznga ega bo‘lishlari kerak.

Top