10:08 / 12.02.2016
2217

Kannavaro Saudiyaning «An-Nasr» jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan shartnomani bekor qildi.

42 yoshli italiyalik mutaxassis o‘tgan yilning oktabr oyidan buyon klubni boshqarib kelayotgandi. Ammo jamoa uning murabbiyligida o‘sishga erisha olmadi.

16 tur o‘yinlaridan keyin «An-Nasr» turnir jadvalida 6-o‘rinda joylashgan.

Bundan oldinroq Kannavaro «Al-Ahli» va «Guanchjou Evergrand» klublarida ishlagandi.

Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr» klubi Osiyo Chempionlar ligasida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Top