12:22 / 17.02.2016
5068

Amir Xon: Meyuezer menga qarshi ringga chiqish uchun qo‘rqoqlik qildi

Professional boksning birinchi yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik 29 yoshli Amir Xon yengilmas bokschi sifatida faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer bilan tekinga jang o‘tkazmoqchi bo‘lgani haqia ma'lum qildi. Amir Xonning fikricha, Meyuezer britaniyalik bokschi bilan jang qilishdan qo‘rqqan.

“Men ushbu jangning o‘tkazilishi uchun astoydil harakat qildim. Biz bu jang o‘tkazilishiga juda yaqin kelgandik. Men o‘zimnikilarga u bilan tekinga jang qilishga ham roziligimni bildirgandim. Lekin, ochig‘ini aytsam Floyd menga qarshi ringga chiqish uchun qo‘rqoqlik qildi. Men shunchaki butun dunyoga undan ko‘ra zo‘rroq ekanimni ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgandim.

U men bilan jang qilishga yuragi dov bermadi va oson yo‘ldan yurdi. Mening vazn toifamda men bilan jang qilishni hech qaysi bokschi istamayapti. Meni Meyuezerdan tashqari Pakyao va Denni Garsiya rad qilishdi. Shunday vaziyatki, hech kim menga qarshi jang qilishni istamayapti. Holbuki, men yuqoriga harakatlanishim kerak. Men katta janglar o‘tkazishni istayman", - dedi Amir Xon.

Ma'lumot uchun, Amir Xon o‘zining navbatdagi jangini 7 may kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni meksikalik 25 yoshli Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi o‘tkazadi.

Top