00:21 / 19.02.2016
6196

Putin ma'muriyati binosi portlash xavfi sababli tekshirilmoqda

Rossiya prezidenti ma'muriyati binosi portlash xavfi haqida xabar olingandan keyin tekshirilmoqda, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi.

Manbaning aytishicha, 18 fevralda Putin ma'muriyatining Staraya ploshad, 4-uydagi binosida portlash xavfi borligi haqida ma'lumotolingan.

Manbaning ta'kidlashicha, ayni vaqtda voqea joyida shahar xizmatlari va Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari ish olib bormoqda.

Ayni vaqtda tekshirishlar haqidagi ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.

Top