18:41 / 20.02.2016
4680

"Lokomotiv"ning "Fenerbahche"ga qarshi o‘yinida ishlash uchun Moskvaga turkiyalik politsiyachilar kelishadi

Rossiyaga Turkiyada Yevropa Ligasi 1/16 finalidagi Moskvaning "Lokomotiv" va Istanbulning "Fenerbahche" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvida tartibni saqlash ishlari bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan politsiyachilar guruhi uchadi. Turkiyaliklar delegatsiyasi tarkibida futbol o‘yinlari vaqtida tartibni saqlash ishlarida katta tajriba orttirgan 4 nafar zobit ham bo‘ladi.

"Istanbuldagi birinchi o‘yinda rossiyalik politsiyachilar stadion hududida tartibni saqlash ishlarida ishtirok etgandi. Biz ham Moskvaga turkiyalik hamkasblarimizni shu maqsadda taklif qildik", deydi Rossiya IIV matbuot xizmati vakili.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 25 fevral kuni o‘tkaziladi.

Top