10:47 / 20.02.2016
2960

Turkiyaning BMTdagi vakili: Biz alohida holda Suriyaga qo‘shin kiritmoqchi emasmiz

Turkiyaning BMTdagi maxsus vakili Hodit Chevikning ma'lum qilishicha, turklar Suriyaga alohida holatda quruqlikdagi qo‘shinlarini kiritishni rejalashtirgan emas. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Uning qayd etishicha, Anqara faqatgina xalqaro koalitsiya tarkibida Suriyada quruqlikdagi harbiy amaliyotlarga kirishishi mumkin.

Uning aytishicha, Turkiya tomoni Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qiladi, lekin o‘ziga tahdid solayotgan Suriyadagi kurd jangarilariga javob zarbalari berishga haqli hisoblanadi.

Bundan oldinroq, RF Tashqi Ishlar Vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya delegatsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashiga "Suriyaning suveriniteti va hududiy daxlsizligiga xavf soluvchi hamda BMT HK 2255 rezolyutsiyasini buzuvchi har qanday harakatlarni to‘xtatish"ni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasi bilan chiqishi haqida aytgandi.

Top