15:15 / 21.02.2016
3501

Homsdagi terakt qurbonlari soni 46 nafarga yetdi

Suriyaning Homs shahrida sodir etilgan navbatdagi teraktlar qurbonlari soni kamida 46 nafar. Markaziy shifoxonaga yana 20 jasad olib kelingan. Shuningdek, shahardagi shifoxonalar bo‘ylab turli darajada jarohatlangan jami 115 kishi joylashtirilgan. Bu haqda Reyter agentligi Suriyadagi Inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha kuzatuvchi tashkilot ma'lumotiga asoslanib, xabar tarqatgan.

Bundan oldingi xabarlarda shaharning Az-Zahro mahallasida 2 terrorchi hudkush tomonidan sodir etilgan terakt natijasida 26 kishining halok bo‘lgani va 100dan ortiq kishining jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar shaharning ikki joyida terakt amalga oshirishni rejalashtirgan. Birinchi portlashdan keyin voqea joyiga odamlar to‘plangach, ikkinchi bomba ham portlatilgan.

Top