07:38 / 21.02.2016
2575

Rossiyalik bokschi Chudinov WBA chempionlik kamari uchun Shturmga yutqazib qo‘ydi

Rossiyalik bokschi Fyodor Chudinov hakamlar qarori bilan germaniyalik Feliks Shturmga WBA versiyasi bo‘yicha chempionlik unvonini yutqazib qo‘ydi. Bokschi 76,2 kg gacha vazn toifasida "superchempion" unvonini himoya qila olmadi. Chudinov bu unvonni aynan Shturmdan tortib olgandi.

Jang Germaniyaning Oberxauzen shahrida bo‘lib o‘tdi. 12 raund davom etgan jang 114-114, 115-113, 115-113 ochkolar hisobi bilan Shturm foydasiga hal bo‘ldi.

Bu g‘alaba Shturmning 40-g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha 14 bor g‘alaba qozonib, biror marta yutqazmagan Chudinov hisobiga bitta mag‘lubiyat yozildi.

Bokschilar o‘rtasidagi birinchi jang 2015 yil 9 mayda Frankfurtda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda 28 yoshli rossiyalikning qo‘li baland kelgandi.

Top