21:01 / 24.02.2016
2141

TIVda Kuvayt elchisi bilan o‘zaro munosabatlar holati ko‘rib chiqildi

2016 yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt davlati favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Abdulla Al-Jiyron bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar tarqatgan.

Uchrashuvda tomonlar turli sohalardagi O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarining holatini ko‘rib chiqishdi hamda 2016 yilda munosabatlarni yanada rivojlantirish, shuningdek BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Top