11:00 / 26.02.2016
6563

Zimbabvelik futbolchilar penaltini Messi va Suarez kabi amalga oshirmoqchi bo‘ldi (video)

14 fevral kuni, Ispaniya chempionatining 23 turi doirasida «Barselona» va «Selta» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda Lionel Messi va Luis Suarez penaltini noodatiy usulda amalga oshirib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Unda Messi to‘pni darvozaga tepmay, biroz yon tomonga dumalatib qo‘ygandi. Suarez esa jarima maydonchasiga kirib kelib, gol urgandi.

Xuddi shunday usulni Zimbabvening «Dinamos» klubi futbolchilari ham takrorlab ko‘rdi. Ammo ularning urinishi omadsiz yakunlandi. Buni quyidagi videodan tomosha qilishingiz mumkin.

Top